Jamiyat

Xotirangiz abadiy boʻlsin - Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimovni yod oldi

© AFP 2018 / / STRTraurnыy kortej s telom prezidenta Uzbekistana Islama Karimova
Traurnыy kortej s telom prezidenta Uzbekistana Islama Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
"Bugun siz farzandlaringiz tomonidan aytilgan har bir soʻzni eshitasiz....ushbu yorqin xotirangiz abadiy boʻlsin, Otajon” - Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimovning xotirasini yod oldi.  

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. Bugun, 2-sentyabr Oʻzbekiston Birinchi prezidenti vafot etgan kun. 2017 yilning 25 yanvarida ushbu kun rasman Islom Karimov xotra kuni deb eʼlon qilingan edi.

Ushbu munosabat bilan Lola Karimova-Tillayeva Facebookda quyidagi satrlarni qoldirdi.   

“Sizni juda ham sogʻinaman, vaqt ham bu tuygʻuni yenga olmayapti…aksincha, xotiralarim meni oʻtmishning turli onlariga chorlaydi va men xayolan oʻsha damlarni qayta va qayta yashab oʻtaman. Koʻp hollarda siz aytgan gaplar mohiyatini faqat endilikda toʻliq anglayapman....Koʻplab oʻtmishdagi soʻzlar va lavhalar koʻz oʻngimda turib, asta-sekin tushlarimga oʻtadi, va bu roʻyoda biz siz bilan yana uchrashamiz.
2 sentyabr sizning xotira kuningiz va bugun siz farzandlaringiz tomonidan aytilgan har bir soʻzni eshitasiz....ushbu yorqin xotirangiz abadiy boʻlsin, Otajon”.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala