Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qoʻydi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pochtil pamyat Islama Karimova
Prezident Shavkat Mirziyoyev pochtil pamyat Islama Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
2-sentyabr Islom Karimov xotira kuni. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. 2-sentyabr Islom Karimov xotira kuni. Ushbu munosabat  bilan Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qoʻydi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.  

"Bu Shavkat Mirziyoyevning oʻz ustozi, mustaqilligimiz asoschisi boʻlgan Islom Karimovga yuksak hurmatining yana bir ifodasi boʻldi", - deyilgan xabarda. 

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2 sentyabr Xotira kuni etib belgilangan. Bu kuni Islom Karimovning hayoti va serqirra faoliyatini yod etish yaxshi anʼanaga aylangan.

Gul qoʻyish marosimida parlament va hukumat aʼzolari, fan va madaniyat namoyandalari, yoshlar, keng jamoatchilik ishtirok etdi. 

Shuningdek, xabarda aytilishina islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʻyilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala