Iqtisod

“Oʻzneftegaz” Rossiya bilan hamkorlikda neft konlari samaradorligini oshiradi

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishShtangovыy nasos
Shtangovыy nasos - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistonning uzoq muddatli konlari samaradorligini oshirishga yordam beradi.

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik.  Oʻzbekneftgaz AJ Rossiyaning “Zarubejneft” kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning uzoq muddatli konlarida uglevodorod xom ashyosini qazib olish hajmini yanada oshirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqmoqda, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Ushbu maqsadda joriy yilning 27-30 avgust kunlari “Zarubejneft” AJning geologiya, geofizika va konlarni  rivojlantirish boʻyicha bir guruh mutaxassislari Oʻzbekistonda boʻldilar. Ular Andijonneft AJ mutaxassislari bilan birgalikda Xartum, Boʻston, Janubiy Alamishik, Namangan, Tergachi va Shoʻrbuloq konlarida neft qazib olishni koʻpaytirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqdilar.

Qoʻshma guruh joylarda tahlil uchun materiallar yigʻib oldi va konlar samaradorligini oshirish boʻyicha turli texnologiyalar oʻrganib chiqildi. Ular orasida quduqlarda taʼmirlash ishlari olib borish va markazdan qochirma nasoslarni tushirish kabi uslublar bor.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekneftgaz” va “Zarubejneft” oʻrtasidaub ushbu hamkorlik 2018 yilning 30 iyun kuni imzolangan Anglashuv Memorandumiga muvofiq amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda tomonlar ushbu hujjatga muvofiq, qoʻshma guruh tashkil etganlar va ikki kompaniya mutaxassislari ishtirokida tadqiqot ishlarini boshlab yuborganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala