Turkmaniston Tojikistonga kelayotgan yuk mashinalarini o‘tkazmayapti

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishFuri na granitse
Furi na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston bir haftadan beri Tojikistonga kelayotgan yuk mashinalarini o‘tkazmayapti. Aynida damda chegarada 100dan ortiq furalar kutib qolmoqda.

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Turkmaniston bir haftadan beri Erondan Tojikistonga kelayotgan yuk mashinalarini o‘tkazmayapti, deb xabar qilmoqda Tajikta.tj.

“Ashxobod ruxsat bermayotgani tufayli, Turkmaniston chegarasida 100dan ortiq yuk mashinalari kutib qolmoqda”, - deyilgan xabarda.

“Lyutfabad-Artik” chegara nazorat punktida kutib qolgan yuk avtomobillari haydovchilari aytishiga qaraganda, ularga avtombilllar nima sababdan o‘tkazilmayotganining sababini hech kim tushuntirmagan.

“Saraxs” chegara punktida Tojikiston Turkiyadan sotib olgan yo‘lovchi avtobuslari ham kutib qolmoqda. Ular ham o‘tkazilmayapti”, - deydi haydovchilardan biri.

Turli manbaalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonning boshqa chegara nazorat punktlarida ham xuddi shunday holat. Chegaradan faqat Tojikistonga yo‘l olgan yuk avtombillari o‘tkazilmayapti. O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga borayotgan avtomobillar bemalol o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0