Bu video Facebookda keng tarqalib ketdi.
Videoga olayotgan haydovchi ayolga “uyat emasmi” deb tanbeh bildiradi. Ayol esa unga keskin eʼtiroz bildirib, mashinani boshqarishni davom etadi.
Internet foydalanuvchilari bu videoni qizgʻin muhokama qilib, uning ostida tanqidiy izohlar qoldirishmoqda.
“Bunday hatti-harakatlar tufayli avariyalar sodir boʻlishi mumkin. Undan haydovchilik guvohnomasini olib qoʻyish kerak”, - deb yozgan mushtariylardan biri.