Jamiyat

TIV Bangkok aeroportida ushlab turilgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻyicha bayonot berdi

Vaziyatni voqea joyining oʻzida oʻrganish va zarurat boʻlsa konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish uchun Bosh konsulxona xodimi Bangkok shahri aeroportiga borgan - deyilgan TIV bayonotida.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Bangkok aeroportida ushlab turilgan 4 nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻyicha bayonot berdi.

Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Uzbekistan airways Tailand va Malayziyaga qoʻshimcha qatnovlarni kiritdi

Unda aytilishicha, toʻrt nafar Oʻzbekiston fuqarosining Tailandga kiritilmaganligi va ularning Bangkok shahri aeroportida ushlab turilganligi toʻgʻrisida qator OAVda chop etilgan maqolalar munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti 2018 yil 7 sentyabr kuni fuqarolar Q.Saʼdullayev, J.Qurbonov, A.Inogʻomov, A.Abdullayev mazkur masala yuzasidan Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilganini xabar beradi.  

TIV bayonotiga koʻra, shu kunning oʻzida vaziyatni voqea joyining oʻzida oʻrganish va zarurat boʻlsa konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish uchun Bosh konsulxona xodimi Bangkok shahri aeroportiga borgan.

Tailand immigratsiya xizmati boʻlinmasining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, mazkur fuqarolarning mamlakatga kirishlariga rad javobi berilishiga ular tomonidan tashrif maqsadi, yashash joyi toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarning shubha tugʻdirgani sabab boʻlgan.

“Hozirgi vaqtda Bosh konsulxona Oʻzbekiston fuqarolarini navbatdagi aviareys bilan Oʻzbekistonga qaytarish uchun Tailand tegishli hokimiyat organlari va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi vakolatxonasi bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi”, deyiladi TIV bayonotida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala