Jamiyat

Lukashenko Mirziyoyevni Belarusga taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston
Belarus prezidenti Shavkat Mirziyoyevni unga qulay boʻlgan vaqtda Belarusga tashrif buyurishga taklif qildi.

TOSHKENT, 13 sen - Sputnik. Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni Belarus Respublikasiga tashrif buyurishga taklif qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Siz rahbarligingizda Oʻzbekistonda olib borilayotgan ishlar eng yuqori maqtovlarga loyiq. Siz ham tashqi ham ichki siyosatda oqilona oʻzgarishlar amalga oshirdingiz, qoʻshni mamlakatlar bilan munosabatlarni mustahkamladingiz. Biz oʻzaro foydali boʻlgan sohalarda hamkorlik qilishga va tajriba almashishga tayyormiz”, - dedi Lukashenko.

Shuningdek, Belorus prezidenti Shavkat Mirziyoyevni unga qulay boʻlgan vaqtda Belarusga tashrif buyurishga taklif qildi.

Uchrashuv doirasida prezidentlar 2017 yil davomida Oʻzbekiston va Belarus orasida savdo-sotiq hajmi 60% ga oshganini qayd etishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala