Oʻzbekiston va Frantsiya hamkorlikda harbiy mashgʻulotlar oʻtkazdi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaSovmestnыe ucheniya uzbekskix i frantsuzskix voyennoslujaщix na poligone Forish v Uzbekistane
Sovmestnыe ucheniya uzbekskix i frantsuzskix voyennoslujaщix na poligone Forish v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Jizzax viloyati “Forish” poligonining togʻli hududlarda Oʻzbekiston hamda Frantsiya qurolli kuchlari mutaxassislari bilan hamkorlikda harbiy amaliy trening mashqlari tashkil etilmoqda.

TOSHKENT, 14 sen - Sputnik. Jizzax viloyatidagi "Forish" poligonida frantsiyalik harbiylar bilan hamkorlikda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda, deb xabar qildi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga.

Rossiya va Tojikiston hamkorligida oʻtkazilgan mashgʻulotlar - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston bilan harbiy mashgʻulotlar oʻtkazadi

"Rejaga koʻra tajriba almashuv bilan bogʻliq amaliy mashgʻulotlarning deyarli barchasi «Forish» poligoni togʻli hududlarida oʻtkaziladi. Bunda asosiy eʼtibor harbiylarning merganlik mahoratini oshirishga qaratilgan", - dedi suhbatdosh.

Frantsiyadan kelgan mutaxassislar "Mergan kundaligi" oʻquv qoʻllanmasiga asosan harbiy xizmatchilar bilan 3 bosqichli tayyorlov mashqlarini olib borishmoqda. Unga koʻra dastlab harbiylarning merganlik darajasi aniqlab olinadi. Shundan soʻng ular guruhlarga boʻlinib, oʻz darajasiga koʻra ularga alohida mashgʻulotlar oʻtiladi.

Taʼkidlanishicha, bunday tajriba almashish har ikki tomonga ham juda foydali boʻlib, kelgusida ham shu turdagi birgalikdagi mashgʻulotlarni davom ettirish yaxshi natija berishiga ishonch bildirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala