Iqtisod

Oʻzbekistonda boʻlka non bozor narxida sotiladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishBuxanka, xleb
Buxanka, xleb - Sputnik Oʻzbekiston
15 sentyabrdan boshlab “buxanka” non erkin bozor narxi boʻyicha sotiladi.

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda qolipli nonni erkin bozor narxida sotish boʻyicha yangi tartib belgilandi.

Tandirdan chiqqan quyosh: obi non qanday tayyorlanadi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Tandirdan chiqqan "quyosh": obi non qanday tayyor boʻladi

Oʻzbekiston hukumati non narxini tartibga solishni toʻxtatmoqda. Bu haqda Adliya vazirligining Telegrammdagi "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

2014 yildan qolipli non narxi Oʻzbekiston bozorlarida 650 soʻmni tashkil qilib kelgan.

Yangi qabul qilingan Hukumat qaroriga muvofiq 2018 yil 15 sentyabrdan bir kilogramm 1-nav bugʻdoy unining ulgurji narxi 1 400 soʻm etib belgilandi.

Hujjatda aytilishicha, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non olish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (18 400 soʻm) miqdorda kompensatsiya toʻlovi toʻlab beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala