Dunyoda

AQSH Xitoy tovarlariga nisbatan ulkan boj kiritdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Savdo urushi avjida: AQSH Xitoy tovarlariga nisbatan yillik qiymati 200 milliard dollar boʻlgan boj kiritdi.

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga nisbatan 200 milliardlik boj kiritdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bugun, yetti hafta davom etgan muhokamalardan soʻng, men AQSH savdo vakiliga  Xitoydan import qilinayotgan mahsulotlarga nisbatan umumiy qiymati 200 milliard $  boʻlgan boj solishni topshirdim. Yangi boj 24 sentyabrdan kuchga kiradi va yil oxiriga qadar 10% miqdorida belgilanadi”, - deyilgan AQSH prezidenti xabarida.  

Shu bilan bir vaqtda, Donald Tramp agar Xitoy AQShga nisbatan javob choralari koʻrgudek boʻlsa, bojlar uchinchi marotaba oshirishi ham ehtimoldan holi emasligini taʼkidladi.

Bunga Xitoy – AQSH bosimi savdo qarama-qarshiligini hal qila olmaydi, deb javob qaytardi. Bir necha kun oldin Wall Street Journal, ishonchli manbaalarga tayangan holda, AQSH boj kiritgan taqdirda,  Xitoy savdo muzokaralarining yangi bosqichida ishtirok etmaydi, deb xabar qilgan edi.

Flag SSHA na fone emblemы Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoy delegatsiyasi savdo muzokaralarini oʻtkazish uchun Vashingtonga yoʻl oldi

Eslatib  oʻtamiz, AQSH va Xitoy orasida savdo urushi ushbu yilning yozida boshlangan edi. AQSH 6 iyulda Xitoyning 818 turdagi mahsulotiga nisbatan umumiy qiymati 34 milliard $ boʻlgan bojlar kiritgan edi. Xitoy ham bunga javoban, shu kunnig oʻzida AQSH mahsulotlariga nisbatan 25%li bojlar kiritgan edi.

Undan soʻng avgust oyida AQSH Xitoyga nisbatan yana 16 milliardlik bojlar kiritdi. Bunga Xitoy ham AQShga xuddi shunday miqdorlagi bojlar bilan javob qaytardi.

Savdo urushi boshlanishiga sabab – ikki mamlakat orasidagi savdo balansida Xitoy ulushining kattaligida. Xitoyning AQShga nisbatan 500 milliard dollarga koʻp mahsulot eksport qilayotgani Vashingtonga tinchlik bermayapti.

Yangiliklar lentasi
0