TOSHKENT, 20 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.
Xususan, mayor Safarov Djaxongir Ismoilovich Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departament boshligʻining oʻrinbosari – Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Mayor Ganiyev Sherzod Alisherovich Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departament boshligʻining oʻrinbosari – Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi lavozimini egalladi.
Podpolkovnik Joʻraboyev Ozodbek Abdukaxxorovich Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departament, Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.