Jamiyat

Xonobod aerodromida oʻquv-mashgʻuloti boʻlib oʻtdi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaTreniirovochnыe polyotы voyennыx letchikov na aerodrome Xanabad
Treniirovochnыe polyotы voyennыx letchikov na aerodrome Xanabad - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qarshidagi Xonobod harbiy aerodromida Mig-29 va Su-25 jangovar samolyotlarida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Qarshi shahri yaqinida joylashgan Xonobod aerodromida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugidagi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismda amaliy parvoz mashqlari oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Harbiy uchuvchilar Xonobod qoʻrgʻonchasida joylashgan harbiy aerodromda SU-25, SU-27 va MIG-29 jangovar qiruvchi samolyotlari yordamida kunduzgi va tunggi mashqlarni bajardi.

Oxirgi yillarda Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlarini yanada takomillashtirish, harbiy uchuvchilarning professionallik darajasini oshirish, aviatsiya hamkorligidagi dala-oʻquv mashgʻulotlarini real vaziyatlarga yaqinlashtirgan holda olib borish va uning imkoniyatlaridan unumli foydalanish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirildi.

Ministr oboronы Ubekistana Abdusalom Azizov i glava Minoboronы Tadjikistana Sherali Mirzo - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Tojikiston Mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi

Har bir amaliy mashqlarga kirishishdan oldin uchuvchilar oʻsha mashqni parvoz qilishi koʻzda tutilgan hududning 3D formatidagi elektron tasvirda zamonaviy simulyatsiya trenajyorlari yordamida mashq qilishadi.

Mahoratli va tajribali harbiy uchuvchilar samoda turli usullarni qoʻllab, yerdagi nishonlarni yakson qildi.

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari shaxsiy tarkibi qoʻshin va moddiy vositalarni havo orqali tashish, havo razvedkasini yuritish, muhim obʼyektlarni dushmanning havodan beradigan zarbasidan himoya etish, samodan turib dushmanning aviatsiya va quruqlikdagi qoʻshinlarini yakson qilish, davlat va harbiy-boshqaruv tizimi, frontorti va harbiy-iqtisodiy qudratga molik obʼyektlarni, transport kommunikatsiyalarini aviatsion jihatdan qoʻllab-quvvatlash kabi vazifalarni bajaradi.

Mazkur mashgʻulotlarda ham mahoratli uchuvchilar amaliy koʻnikmasini mustahkamlab, armiya jangovar shayligi va qudratini oshirishga, Oʻzbekiston osmonining musaffoligini taʼminlashga  xizmat qiladi.

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaMig-29 na aerodrome Xanabad
Mig-29 na aerodrome Xanabad - Sputnik Oʻzbekiston
1/5
Mig-29 na aerodrome Xanabad
© Ministerstvo oboronы UzbekistanaTreniirovochnыe polyotы voyennыx letchikov na aerodrome Xanabad
Treniirovochnыe polyotы voyennыx letchikov na aerodrome Xanabad - Sputnik Oʻzbekiston
2/5
Treniirovochnыe polyotы voyennыx letchikov na aerodrome Xanabad
© Ministerstvo oboronы UzbekistanaTrenirovochnыe poletы na aerodrome Xanabad
Trenirovochnыe poletы na aerodrome Xanabad - Sputnik Oʻzbekiston
3/5
Trenirovochnыe poletы na aerodrome Xanabad
© Ministerstvo oboronы UzbekistanaTrenajer dlya polyotov na aerodrome Xanabad
Trenajer dlya polyotov na aerodrome Xanabad - Sputnik Oʻzbekiston
4/5
Trenajer dlya polyotov na aerodrome Xanabad
© Ministerstvo oboronы UzbekistanaTSUP na aerodrome Xanabad
5/5
TSUP na aerodrome Xanabad
1/5
Mig-29 na aerodrome Xanabad
2/5
Treniirovochnыe polyotы voyennыx letchikov na aerodrome Xanabad
3/5
Trenirovochnыe poletы na aerodrome Xanabad
4/5
Trenajer dlya polyotov na aerodrome Xanabad
5/5
TSUP na aerodrome Xanabad
Yangiliklar lentasi
0