TOSHKENT, 20 sen - Sputnik. Mashhur bokschi Mayk Tayson Toshkentda qurilayotgan Tashkent City - xalqaro ishbilarmonlik markazida turar joy sotib oldi, deb xabar qilmoqda Dream City Development matbuot xizmati.
Qurilish kompaniyasi xabariga koʻra, Tayson Toshkent-siti hududida qurilayotgan Gardens Residence koʻp xonadonli turar joy kompleksida apartament xarid qilgan.
Yangi turar joy majmuasi 9ta koʻp xonadonli uylardan iborat boʻlib 8 gektar maydonni egallaydi. Unda har biri 44 metr kvadratdan 260 metr kv. boʻlgan 1138 ta xonadon joylashadi.
Qurilish rejasiga koʻra Gardens Residence 2019 – 2020 yilarda foydalanishga topshiriladi. Qurilsh xorijiy kompaniyalar tomonidan olib borilmoqda. Xususan, Britaniyaning arxitektura byurosi ARUP va Turkiyaning loyiha kompaniyasi Özgüven.