Yoshlar telekanaliga yangi direktor tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPidjak na kresle
Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nozimjon Mo‘minov Yoshlar teleradiokanaliga vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Nozimjon Mo‘minov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Yoshlar teleradiokanaliga vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda Xalq so‘zi.

Narodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik O‘zbekiston
Ozodbek Nazarbekov "Yoshlar" telekanali direktorligidan ketdi

Nozimjon Mo‘minov bunga qadar Yoshlar teleradiokanali AJ direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Nozimjon Mo‘minov 1976-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yoshlar telekanaliga rahbarlik qilib kelgan Madamin Safarov O'zbekiston 24 telekanaliga direktor etib tayinlangan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0