Madaniyat

Dushanbeda Alishera Navoiy haykali ochildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Dushanbe otkrыtы pamyatniki Alisheru Navoi i Abduraxmanu Djami
V Dushanbe otkrыtы pamyatniki Alisheru Navoi i Abduraxmanu Djami - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykalini ochishdi va uning poyiga gullar qoʻyishdi.

TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. Dushanbeda Alisher Navoiyning yangi haykali ochildi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.   

Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari tantanali ravishda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykalini ochishdi va uning poyiga gullar qoʻyishdi. Haykal Dushanbeda joylashgan Alisher Navoiy nomli bogʻda oʻrnatilgan.

“Ushbu yangi bogʻ - oʻzbek va tojik xalqlarining abadiy doʻstligi ramzi hamda Alisher Navoiyning xotirasini abadiy qilish maqsadida ochildi”, - deyilgan xabarda.

Alisher Navoiy bogʻi zamonaviy koʻrinishda boʻlib u 2,23 gektar maydonni egallaydi. Bogʻda kiparis, magnoliya, ardach, klion, sikvoy kabi gullar va daraxtlar oʻsadi. Bogʻda yangi ekilgan daraxtlar va butalar soni 600 dan oshdi va maysazorga aylantirilgan maydon 14 ming metr kvadratni tashkil qildi.

Eslatib oʻtamiz, Dushanbeda joylashgan ushbu bogʻga Alisher Navoyi nomini berish haqida, Oʻzbekiston prezidetni Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga boʻlgan rasmiy tashrifi arafasida,  2018 yilning 5 martida eʼlon qilingan edi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Dushanbe otkrыtы pamyatniki Alisheru Navoi i Abduraxmanu Djami
Dushanbeda Alishera Navoiy haykali ochildi - Sputnik Oʻzbekiston
V Dushanbe otkrыtы pamyatniki Alisheru Navoi i Abduraxmanu Djami
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala