Siyosat

Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida nutq soʻzladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin Zasedaniye Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe
 Zasedaniye Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston tashabbuslari MDH mintaqasida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Koxi somon saroyida 28 sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

Majlisda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara oʻtkazdi. 

Unda nutq soʻzlagan prezident Shavkat Mirziyoyev jahonda jadal oʻzgarishlar roʻy berayotgan, xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi zarurligini, koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na vo vremya Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe
Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida nutq soʻzladi - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev na vo vremya Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe

Oʻtgan yil Oʻzbekistonning MDHdagi faoliyatida yangi bosqich boʻldi. Oʻzbekiston Hamdoʻstlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovatsiyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarni qamrab olgan 10 dan ortiq tarmoq organlariga qoʻshildi. Joriy yil boshidan Oʻzbekistonning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi jadal oʻsmoqda.

Oʻzbekiston tashabbuslari MDH mintaqasida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZasedaniye Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe
Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida nutq soʻzladi - Sputnik Oʻzbekiston
Zasedaniye Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe

Sammitda Prezident Shavkat Mirziyoyev koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb va istiqbolli yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtdi.

Oʻzbekiston 2020 yilda MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisini oʻtkazishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala