Jamiyat

Oʻzbekiston Havo yoʻllari nima sababdan "Vnukovo"ga oʻtgani maʼlum boʻldi  

© Sputnik / Natalya SeliverstovaBoing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik Oʻzbekiston
Domodedovo aeroporti Moskva hududida eng qimmat aeroport hisoblanadi. MAK Vnukovo aeroportiga iqtisodiy sabablarga koʻra oʻtgan.

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Havo yoʻllari nima sababdan Moskvada Domodedovo aeroportidan “Vnukovo” aeoroportiga oʻtganini maʼlum boʻldi.

“Iqtisodiy sabablarga koʻra”, - deb qisqa izoh berdi kompaniya vakili Sputnik muxbiriga.

Shuningdek, Moskvada aeroportni oʻzgartirish haqidagi qaror uzoq vaqt davom etgan oʻrganish, muhokama va muzokaralardan keyin qabul qilingani maʼlum boʻldi.

Zdaniye aeroporta Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Oʻzbekiston havo yoʻllari"ning Moskvaga barcha reyslari "Vnukovo" aeroportiga oʻtkaziladi

Oʻz navbatida Domodedovo aeroporti ham ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Havo yoʻllari bilan ishbilarmonlik munosabatlari davom ettirilayotgani haqida xabar berishdi.

Eslatib oʻtamiz, bugun “Oʻzbekiston Havo yoʻllari” ushbu yilning 28 oktyabrdan boshlab barcha parvozlar Vnukovo aeroporti orqali amalga oshirila boshlashini xabar qilgan edi.  

“AviaPORT” xabariga koʻra, Domodedovo aeroporti Moskva hududida eng qimmat aeroport hisoblanadi. Vnukovo aeroporti Domodedovogo nisbatan arzonroq, shu bilan birga u shahar markaziga ham yaqinroq masofada joylashgan.

Sheremetyevo aeroporti Moskva hududidagi eng arzon aeroport boʻlsada, lekin u shaharning shimoli-gʻarbida - sharqiy yoʻnalishdagi parvozlar uchun noqulay tomonida joylashgan. Moskva ustidan parvozlar amalga oshirish taʼqiqlangani tufayli, u yerga yetib borish uchun samolyotlar aylanib uchishiga toʻgʻri keladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala