Sudlanganlikka oid ma’lumotlarni olish osonlashtirildi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xizmatlar uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Lyudi stoyat u zdaniya maxalli  - Sputnik O‘zbekiston
Yashash joyidan beriladigan ma’lumotnomalar bekor qilindi

Qaror bilan quyidagi davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:

Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha;

Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha.

Ma’muriy reglamentlarga muvofiq, jismoniy shaxslar quyidagi ma’lumotlarni olish uchun faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar:

muqaddam sudlanganligi;

jinoiy javobgarlikka tortilganligi;

reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid ma’lumotnoma;

manzil-ma’lumot axborotlarini (doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi, shuningdek, ma’lumot mavjud emasligi).

Mazkur xizmatlar uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Yangiliklar lentasi
0