Siyosat

AQSH savdo vaziri ilk marotaba Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tashrif oktyabr oyida amalga oshiriladi. Aniq sana maʼlum emas.

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari savdo vaziri Uilbur Ross ilk marotaba Oʻzbekistonga tashrifi kutilmoqda.

Taʼkidlanishicha tashrif oktyabr oyida boʻlib oʻtadi. 

Bu haqda 4-oktyabr kuni Vashingtondagi Milliy press-klubda Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti tomonidan chop etilgan "Oʻzbekistonning yangi yuzi" kitobining taqdimotida maʼlum qilingan.

Uilbur Ross 2017 yilning fevral oyida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri etib tayinlangan.

79 yashar Ross nomzodi uchun AQSH Senatining 72 nafar senatorlari qoʻllab-quvvatlagan, 27tasi qarshi ovoz bergan.

Biznesmen AQSH prezidenti Donald Trampning iqtisodiy dasturi tarafdori sifatida mashhur. U savdo kelishuvlarini qaytadan koʻrib chiqish tarafdori, jumladan, Xitoy va Meksika bilan ham. 

Yangiliklar lentasi
0