Iqtisod

Moliya vazirligi noqonuniy xarajatlarni aniqladi

© SputnikKupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Moliya vazirligi 2018 yil 3-choragida byudjet tashkilotlarida jami 1 334 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlarini oʻtkazdi. 

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Moliya vazirligi: mashina narxini davlat organlari emas, GM Uzbekistan belgilaydi

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 111 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablagʻlar 16,6 mlrd soʻmni, shundan kamomad va oʻzlashtirishlar 4,5 mlrd soʻmni, noqonuniy xarajatlar 12,1 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini oʻtkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan koʻrsatmalarga asosan aniqlangan 11,2 mlrd soʻm miqdoridagi notoʻgʻri sarflangan mablagʻlar belgilangan tartibda tiklanishi taʼminlandi.

Shunigdek, 710 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, hisobot davrida byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 20 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 13,9 mln soʻm miqdorida maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala