Jamiyat

Oʻzbekistonda birinchi qor yogʻdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishBirinchi qor
Birinchi qor - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda bu yil birinchi qor Zomin togʻlarida va Taxta - Qoracha dovonida yogʻdi.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Oʻtgan dam olish kunlarida Oʻzbekistonda birinchi qor yogʻdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar. 

Xabarda aytilishiga koʻra, birinchi qor Jizax viloyatining Zomin togʻlarida yoqqan. Havo harorati tunda 0 gradusgacha pasaygan. 

Facebookda Jamoatchilik nazorati guruhida qoldirilgan xabarga koʻra, Samarqand va Qashqadaryo orasida joylashgan Taxta-qoracha dovonida ham qor yoqqan. 

Sinoptiklar, shuningdek, Qamchiq dovoni hududida ham qor yogʻishi mumkinligini xabar qilishmoqda. Kecha Toshkentda havo harorati past boʻlib kun uzun yomgʻir yoqqan. Oʻzbekistonda payshanba kunigacha sovuq havo saqlanib  qolishi mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala