Iqtisod

Oʻzbekistondagi birinchi atom elektr stantsiyasi surati

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaProyekt AES v Uzbekistane
Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stantsiyasini qurish toʻgʻrisidagi qaror mamlakat aholisini barqaror narxlardagi elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda aholi farovonligi va iqtisodiy oʻsishni taʼminlash maqsadida qabul qilingan

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik. Toshkent shahrida Rosatom davlat korporatsiyasi va Atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik (AEXA) vakillari hamkorligida Oʻzbekiston mutaxassislari uchun qoʻshma seminar oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

 Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovыm  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya hukumati Oʻzbekistonda atom elektr stantsiyasini qurish loyihasini maʼqulladi

Tadbirda Oʻzbekistonda qurilishi rejalashtirilgan birinchi AESning interaktiv loyihasi namoyish qilindi.

Respublikada birinchi atom elektr stantsiyasini qurish qarori aholi farovonligini oshirish yoʻlida, hamda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash maqsadida qabul qilingan. Xususan, AES qurilishi kelajakda Oʻzbekiston aholisini barqaror narxdagi elektr energiyasi bilan taʼminlashga omil boʻladi.

Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, samaradorlik va xavfsizlikka zamonaviy yondashuvlarni hisobga olgan holda, AES ishi aholining turmush darajasi, iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, mamlakatning ilmiy, texnik va kadrlar salohiyatini oʻsishiga sezilarli hissa qoʻshadi.

Ushbu rejalarni amalga oshirish maqsadida, 2018 yilning 7 sentyabr kuni Moskvada Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida Rossiya loyihasi boʻyicha AES qurishda hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim imzolandi.

Oʻzbekistondagi birinchi atom elektr stantsiyasi qurilishi Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasi yaqinidagi Toʻdakoʻl suvombori yaqinida quriladi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala