TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga rasmiy tashrifi yakuniga koʻra, hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat imzolandi.
Eslatib oʻtamiz, Mirziyoyev Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi.
"Davlat rahbarlarining Yelisey saroyida oʻtgan muzokaralari har tomonlama samarali boʻldi. Ikki mamlakat uchun manfaatli va uzoq muddatli kelishuvlarga erishildi", - deb xabar qilgan prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Parijdan Toshkentga joʻnab ketgan.