Iqtisod

Oʻzbekistonda 1 noyabrdan oylik, stipendiya va pensiyalar miqdori oshirildi

© SputnikKupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2018 yilning 1 noyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirilmoqda

TOSHKENT, 13 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 noyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqa miqdori 1,1 baravar oshirilishi toʻgʻrisidagi Farmonga imzo chekdi. Hujjat matni OʻzAda eʼlon qilindi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev pedagoglarning oylik maoshi va jamiyatdagi mavqeini oshirish boʻyicha topshiriq berdi

Qaror aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini kuchaytirish, shuningdek, mehnatiga kam haq toʻlanadigan xodimlar ish haqi miqdorini jadal ravishda oshirishni taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga koʻra 2018 yilning 1 noyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirilmoqda.

2018 yilning 1 noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi — oyiga 202 730 soʻm; yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 soʻm; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 soʻm; zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 243 300 soʻm miqdorida belgilandi.

Belgilansinki, ish haqi hamda pensiyalarga qoʻshilgan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2018 yilning 1 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Majburiy ushlanmalar, oʻta past oylik – vazir xalq taʼlimidagi muammolar sababini aytdi

Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlarini oʻrtacha 10 foizga, shu jumladan, 1-razryad boʻyicha 15 foizga, 2-razryad boʻyicha 10 foizga va 3-razryad boʻyicha 5 foizga oshirish orqali mehnatiga kam haq toʻlanadigan xodimlarning ish haqi miqdorining jadal ravishda oshirilishini koʻzda tutgan holda 2019 yil 1 yanvardan Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini qayta koʻrib chiqilishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan saqlanadigan tashkilotlarda band boʻlgan universal kasblar xodimlari mehnatiga haq toʻlashga doir razryadlarni tanqidiy koʻrib chiqsin va 2019 yil 1 yanvaridan ularning yangilanganlarini joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0