O‘zbekiston tez tibbiy xizmati aviatsiya bilan ta’minlanadi

Obuna bo‘lish
Aviatsiya xizmatlarini xarid qilish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida xarid qilish bo‘yicha takliflarni 2019-yil 1-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. O‘zbekiston tez tibbiy yordam xizmati 2020-yildan boshlab aviatsiya texnikasi bilan jihozlanadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Qarorda Sog‘liqni saqlash, Moliya, Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa vazirliklari, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan birgalikda tez tibbiy yordam xizmatini 2020-yildan boshlab aviatsiya texnikasi bilan jihozlash va (yoki) aviatsiya xizmatlarini xarid qilish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida xarid qilish bo‘yicha takliflarni 2019-yil 1-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0