Mirziyoyev meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishga doir muhim qarorni imzoladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOvoshi na Mejdunarodnoy vistavke "Uzbekistan na Shelkovom puti"
Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarorga muvofiq O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etiladi.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezidentning qarori qabul qilindi.

Prodaja fruktov na rinke v Agadire. - Sputnik O‘zbekiston
Jalilov: meva-sabzavot eksporti ichki bozorimizdagi narxlarga ta’sir qilmaydi

Qarorga ko‘ra:

- yuridik shaxslar – meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish huquqiga ega;

- meva-sabzavot mahsulotlari eksportidan tushumlarni o‘z vaqtida ta’minlamagan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foizlik oldindan to‘lov olish talablari ularga qo‘llangan holda nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar reyestriga kiritiladi;

- tadbirkorlik subyektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish huquqiga ega. Bunda eksport tushumlariga yagona soliq to‘lovi to‘lanishini nazarda tutuvchi soliqqa tortish tartibi qo‘llaniladi;

Mejdunarodnaya plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan 1,5 milliard dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilinadi

- eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydi;

- tadbirkorlik subyektlari o‘zlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sug‘orish, tayyorlash va saqlash bo‘yicha infratuzilma obyektlari qurish uchun yengil konstruksiyalarni qurish yuzasidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishlari mumkin.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, “Global GAP”, “Halal” va “Organic” standartlari talablariga muvofiqlikka sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro tan olingan tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatiladi.

2019 yil 1-martga qadar:

- internet tarmog‘ida “TradeUzbekistan.com” elektron savdo maydonchasi hamda eksport jarayonining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portali yaratiladi;

- mamlakatda “Global GAP”, “Halal” va “Organic” standartlari talablariga muvofiq meva-sabzavot yetishtiruvchi mahalliy korxonalarni sertifikatlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tashkil etiladi.

Qaror bilan hududlarda mahalliy hokimiyat va davlat organlari meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga to‘sqinlik qilinganligi uchun shaxsan mas’ul etib belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0