Dunyoda

WP Xashoggining soʻnggi maqolasini chop etdi

© AP Photo / Jacquelyn MartinJamal Xashoggi
Jamal Xashoggi - Sputnik Oʻzbekiston
Washington Post Anqarada oʻldirilgan saudiyalik jurnalist Xashoggining soʻnggi maqolasini chop etdi.

TOSHKENT, 18 okt - Sputnik. Men yaqinda internetda eʼlon qilingan hisobotga koʻzim tushdi, deb boshlanadi maqola.

"Men yaqinda internetda Freedom House tomonidan eʼlon qilingan hisobotga koʻzim tushdi. Unda aytilishiga koʻra, arab dunyosida faqatgina bir mamlakat – Tunis “ozod”, deyilgan. Iordaniya, Morokko va Quvayt – ikkinchi oʻrinda “qisman ozod”  deb eʼlon qililingan. Qolgan mamlakatlar esa “ozod emas” maqomiga ega.

Jamal Xashoggi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggi qayerga gʻoyib boʻldi?

Natijada ushbu mamlakatlarda yashayotgan arablar  yo axborotsiz yo notoʻgʻri axborot bilan yashamoqdalar. Ular oʻz kundalik hayotiga, oʻz hududlari taqdiriga doir masalalarni munosib ravishda hal qilish yoki jamoatchilik darajasida muhokama qilish imkoniga ega emaslar. Ushbu davlatlarda hukumat fikri jamoatchilik fikridan ustun qoʻyilmoqda va ushbu vaziyat yaxshi tomonga oʻzgarishi amrimahol.

2011 yilning bahorida koʻpgina arab mamlakatlarida vaziyat oʻzgarishiga umid paydo boʻlgan edi. Arab mamlakatlari jurnalistlari va aholisi axborot sohasida davlat tsenzurasidan xoli boʻlishiga umid paydo boʻlgan edi, lekin tez orada bu umidlar chilparchin boʻldi. Vaziyat avvalgidan ham qattiqlashdi. 

Arab davlatlari hukumatlari Internetda ham qattiq nazorat oʻrnatishdi. Koʻplab axborot manbaalarini bloklab qoʻyishdi. Ular koʻplab jurnalistlarni hibsga olishdi.

Mening doʻstim, Saudiyali taniqli yozuvchi Solih al-Shohi, Saudiya  matbuotida chop etilgan eng mashhur maqolalardan birini bosib chiqarganidan keyin qamoqqa tushib qoldi. Afsuski. Ayni damda u besh yillik qamoq jazosini oʻtamoqda. <…> 

Djamal Xashoggi so svoyey nevestoy Xatis Tsengiz - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Jamol Xashoggi qotilligida saudiya bosh konsulining qoʻli bor - OAV

Arab dunyosiga zamonaviy erkin matbuot kerak. Fuqarolar dunyoda nima boʻlayotganidan xabardor boʻlishi kerak. Asosiysi – arab jurnalistlari uchun global nashrlarda joy ajratilishi kerak. Biz qashshoqlikdan, xoʻjaliksizlikdan va taʼlimsizlikdan aziyat chekmoqdamiz.

Arab xalqlarining millatchi hukumatlardan xoli boʻlgan mustaqil xalqaro forumi yordamidja oddiy arablar oʻz jamiyatlari duch kelayotgan muammolarni hal qilishi mumkin", - deb saudiyalik marhum jurnalist Jamol Xashoggi oʻzining eng soʻnggi maqolasida.

Maqola Washington Post redaktori Karen Attiyaning soʻzlari bilan boshlanadi. Attiya aytishiga qaraganda, u ushbu maqolani Jamol Xashoggining tarjimoni va yordamchisidan jurnalist gʻoyib boʻlgan kunning ertasiga olgan. 

"Men ushbu Maqolani Jamol bilan birgalikda tahrir qilish maqsadida darhol chop etmagan edim. Endi bildimki, bu hechqachon amalga oshmaydi. Bu uning WP uchun yozilgan soʻnggi satrlaridir.

Ushbu maqola arab dunyosining ozodligi Jamol uchun qanchalik muhim ekanini aks ettiradi. Ushbu ozodlik uchun Jamol oʻz jonini berdi. U soʻnggi yil davomida Washington Postni tanlagani uchun men undan bir umrga minnatdor boʻlib qolaman", - degan Karen Attiya.  

Eslatib oʻtamiz Jamol Xashoggi, 2 oktyabr kuni Anqaradagi  Saudiya Arabistoni konsulxonasiga kirib ketganidan soʻng yoʻqolib qolgan edi. Bir necha kundan soʻng Turkiya OAVlari mamlakat maxsus xizmatlariga asoslanib jurnalist vakolatxona ichida oʻldirilganini xabar qildi. Ayni damda Turkiya politsiyasi Xashoggi tanasi koʻmilgan joyni qidirmoqda. 

Bugun dunyo OAVlarida paydo boʻlgan xabarlarga koʻra, Saudiya Arabistoni poytaxtida ar-Riyodda Xashoggi oʻlimida aybdor deb gumon qilinayotgan kishilardan biri vafot etgan.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala