TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Koʻksaroyda Oʻzbekiston va Rossiya muzokaralari yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi oʻtkazildi.
Rossiya prezidenti Oʻzbekistonga tashrifi davomida quyidagi ikki tomonlama hujjatlar imzolandi:
- Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha 2019-2024 yillarga moʻljallangan hukumatlararo dasturi va uni amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasi;
- “Suffa” radioastranomik observatoriyasi nomli xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish boʻyicha harakatlar rejasi yoʻl xaritasi;
- Sanoatning toʻqimachilik, tikuv va trikotaj sohalarida hamkorlik hukumatlararo bitim;
- Oʻzbekiston Mustaqiligi investitsion bloki doirasida Mustaqillikning 25 yilligi konini oʻrganish va ishlatish orqali Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini qurish boʻyicha 1-sonli qoʻshimcha bitim;
- “Oʻzbekneftegaz” AJ bilan “Lukoyl” OJ oʻrtasida anglashuv memorandum;
- Madaniy-gumanitar sohalarda 2019-2021 yillarga moʻljallangan hukumatlararo hamkorlik dastur;
- Oʻzbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy taʼlim boʻyicha muassasalari filiallarini tashkil etish va ular faoliyatini yuritish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
- Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari kengashi bilan Rossiya rektorlari ittifoqi Umumrossiya jamoyat tashkiloti oʻrtasida bitimni hamda Oʻzbekiston milliy universitet bilan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti oʻrtasida fanlararo ilmiy markazini tashkil etish toʻgʻrisida bitim;
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Moskva davlat xalqaro munosabatlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida mazkur institut filialini ochish toʻgʻrisida bitim;
- Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma;
- Ijtimoiy mehnat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida idoraralararo memorandum;
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan Rossiya Milliy gvardiyasi qoʻshinlari federal xizmati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
Marosimda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Qoʻshma bayonotni imzolashdi.