Maktab sinflari to‘liqligi 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi – qaror loyihasi

© Foto: Assotsiatsiya "Uztekstilprom"Ucheniki shkoli №91 Tashkenta
Ucheniki shkoli №91 Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nizomning 27-bandida belgilangan meyorlar bo‘yicha tegishli maydonga ega bo‘lgan umumta’lim muassasasining sinflari to‘liqligi 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi deb qayd etilgan.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Shkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Maktab va tekshiruvlar: yangi qaror loyihasi tayyorlandi

Ushbu nizomning 27-bandida belgilangan meyorlar bo‘yicha tegishli maydonga ega bo‘lgan umumta’lim muassasasining sinflari to‘liqligi 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi deyilgan.

Namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan umumta’lim muassasalarida, olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida joylashgan umumta’lim muassasalarida, shuningdek o‘zbek tilida o‘qitilmaydigan umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni sinflarni to‘ldirishning o‘ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Nizomda qayd etilishicha, kam komplektli umumta’lim muassasalarida (filiallarda) boshlang‘ich sinf o‘quvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin: o‘quvchilar soni 8 nafargacha bo‘lgan I - IV sinflar; o‘quvchilar soni 12 nafargacha bo‘lgan uchta boshlang‘ich sinf; o‘quvchilar soni 24 nafargacha bo‘lgan ikkita boshlang‘ich sinf (I va III, II va IV sinflar).

Qaror loyihasi 3-noyabrgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0