Dunyoda

Putin Ukrainaga qarshi sanktsiyalarni kiritish toʻgʻrisida qarorni imzoladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka oʻtishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Choralarni ishlab chiqish va ular taʼsiriga tushadigan shaxslar roʻyxatini tayyorlash toʻgʻrisida Hukumatga topshiriq berildi.

TOSHKENT, 22 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga nisbatan Kiyevning harakatlariga javoban maxsus iqtisodiy choralar haqida qarorni imzoladi, deb xabar qildi Kreml rasmiy sayti.

Avtomobili Ravon - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Ukraina Oʻzbekiston avtomobillariga qoʻshimcha boj kiritishi mumkin

Bu “Ukrainaning xalqaro huquqqa zid boʻlgan harakatlariga - Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan cheklovlar joriy etishi”ga javob boʻldi.

Ukraina Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga oʻz sanktsiyalarini toʻxtatsa Rossiya maxsus iqtisodiy choralarni bekor qiladi, deyilgan qarorda.

Iqtisodiy choralarni ishlab chiqish va ular taʼsiriga tushadigan shaxslar roʻyxatini tayyorlash toʻgʻrisida Hukumatga topshiriq berildi.

Ukraina Rossiya kompaniya va fuqarolariga nisbatan sanktsiyalarni kiritdi va bu roʻyxatni doimiy ravishda toʻldirib bormoqda. Oxirgi marta bu sentyabr oyida amalga oshirildi: bu cheklovlarga “RJD Logistika”, "Promkompleksplast" va "Gazgolder” kompaniyalari tushdi.

Bundan tashqari, avgustda Ukraina Yevropa ittifoqining Qrim koʻprigi qurilishi munosabati bilan 6 ta Rossiya kompaniyalari kirgan sanktsiya roʻyxatiga qoʻshildi.

Yangiliklar lentasi
0