Rossiyalik turistlar Yangi yil bayramida yoppasiga O‘zbekistonga otlangan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTuristi na ulitsax Buxari
Turisti na ulitsax Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sotilgan chiptalar soniga ko‘ra, bu yil Yangi yilda rossiyalik turistlar uchun O‘zbekiston - eng ommaviy yo‘nalish bo‘ladi.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Oktabr oyida Yangi yil ta’tiliga chiptalarni bron qilish boshlanadi, deb yozadi Life.ru, “Tutu.ru” chipta sotish portali tahlilchilariga asosan. 

Dastlabki kuzatuvlarga ko‘ra, rossiyalik turistlar orasida bu yil Yevropa mamlakatlariga bo‘lgan talab 20 %ga kamaygan. Eng ko‘p chipta sotilgan yo‘nalishlar orasida esa, birinchi o‘rinni O‘zbekiston egallamoqda. Shuningdek, Rossiyaning ichki yo‘nalishlariga bo‘lgan talab ham 3%ga oshgan.  

Ekspertlar fikriga ko‘ra, bunday bo‘lishi taajubli holdir, chunki an’anaviy ommaviy bo‘lgan Yevropa mamlakatlariga biletlar narxi aytarlik oshmagan, ayrim yo‘nalishlar narxi esa - pasaygan.

Prezentatsiya kulinarnogo konkursa na luchshee prigotovlenie uzbekskogo plova - Sputnik O‘zbekiston
Gastronomik turizm bo‘yicha O‘zbekiston Fransiyadan o‘zib ketdi

“Balkim, mijozlarni avgust oyida sodir bo‘lgan dollar va yevro kursining keskin oshishi cho‘chitib yuborgandir. Ular haligacha “Yevropa qimmat” degan xayolda yurgan bo‘lishi mumkin ”, - deb hisoblaydi ruxshunos Olga Kuznetsova.

“Qizig‘i shunda-ki, Yangi yilni kutib olish uchun eng ommaviy mamlakat O‘zbekiston bo‘ldi. O‘zbekiston 2017-yilda 7 o‘rinda edi. Bu yil birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ikkinchi o‘rinda Germaniya, keyin Chexiya va undan keyin Moldaviya. Shuningdek Armaniston va Gruziya ham ommaviylashmoqda”, - deydi mutaxassis.

Albatta ushbu statistikaning bir qismini Yangi yilni o‘z uyida kutib olishni xozlaydigan mehnat migrantlari tashkil qiladi. Lekin qolganlari  - O‘zbekistonga dam olish, mazali taomlar tatib ko‘rish, tarixiy obidalarni tomosha qilish va milliy hunarmandchilik buyumlarini xarid qilish uchun borayotgan sayyohlardir.

Yangiliklar lentasi
0