Surxondaryoda Rossiya bug‘doyi qayta ishlanib Afg‘onistonga eksport qilinadi

© Sputnik / Vitaliy TimkivUborka pshenisi
Uborka pshenisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatida investitsion loyihalarni amalga oshirish va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha jami 390,8 mln. dollarlik 14 ta shartnoma imzolandi.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Toshkentda 18-19 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan “Rossiya – O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” biznes forumida doirasida Surxondaryo va Novosibirsk viloyati orasida bir necha shartnomalar imzolandi, deb xabar qilmoqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Xususan, “TX Sibirskiy Gigant” MChJ bilan Rossiya bug‘doyini “SURXON IMPORT EKSPORT AGRO” MChJda qayta ishlagan holda Afg‘onistonga eksport qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari forum doirasida, Surxondaryo viloyatida investitsion loyihalarni amalga oshirish va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha jami 390,8 mln. dollarlik 14 ta shartnoma imzolandi. Ular doirasida kelgusida 2 ta ulgurji-ta’minot markazi, 1 ta savdo uyini tashkil etishga kelishib olindi.

«Uzbekistan-Rossiya: tekstilnoe sotrudnichestvo – bez granis” - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya to‘qimachilik sohasida chegarasiz hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, forumdan so‘ng “TX Sibirskiy Gigant” MChJ direktori Aleksandr Mansurov boshchiligidagi bir guruh rossiyalik ishbilarmonlar Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ular Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskani, “Gold Agro Fresh” agrofirmasidagi issiqxona majmuasi, “Gold Dreid Fruits” MChJning meva-sabzavotni qayta ishlash va saqlash faoliyati, “Termez Cargo Centre” MChJ tomonidan tashkil etilgan Xalqaro logistika markazi hamda Sherobod tumanida tashkil etilgan anorzorlar bilan yaqindan tanishishgan.

Yangiliklar lentasi
0