Hodisalar

Oʻzbekistonda ikkita avtohalokat oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston
Sodir boʻlgan YTHlar yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilayotgani qayd etilgan.

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. 22 oktyabr kuni sodir boʻlgan YTHlar oqibatida 9 kishi hayotdan koʻz yumdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Strashnaya avariya na TTZ - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda mudhish YTH sodir boʻldi

Xabarda aytilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan maʼlumotga asosan, joriy yilning 22 oktyabr kuni soat 08:05larda Beruniy tumani hududidan oʻtuvchi A-380 “Buxoro-Nukus-Beruniy” avtomobil yoʻlining 680 km da harakatlanib ketayotgan “Nektsiya” rusumli, d/r 95 E 960 GA avtomobil boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Kobalt” rusumli d/r 95 313 NAA avtomobil bilan toʻqnashuv sodir etgan.

YTH natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Jarohatlangan fuqarolar Beruniy tumani kasalxonasiga yotqizilgan.

Yana bir YTH Buxoro viloyati hududida sodir boʻlgan.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan maʼlumotga asosan, joriy yilning 22 oktyabr kuni soat 12:00larda Jondor tumani Gazli hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 333 km da harakatlanib ketayotgan “Lasetti” rusumli, d/r 90 L 998 NA avtomobil boshqaruvni yoʻqotib, shu yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan “Isuzi” rusumli d/r 90 N 209 LA yuk mashinasining orqa tomoniga kelib urigan. Toʻqnashuv natijasida “Lasetti” avtomobilida yongʻin chiqib, mashina ichidagi 4 nafar fuqaro vafot etgan.

Sodir boʻlgan YTHlar yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilayotgani qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala