Jamiyat

Uy ichida oʻrnatilgan hisobga olish asboblarining saqlanishi uchun uy egalari javob beradi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishZamena starыx elektroschetchikov v jilыx domax Vladivostoka
Zamena starыx elektroschetchikov v jilыx domax Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga tashqaridan taʼsir koʻrsatish ham qoida buzilishi hisoblanadi va majburiy ijro byurosining vakili tomonidan dalolatnoma tuziladi.

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

Santexnik ustanavlivayet schetchik na vodu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Hisoblagich boʻlmagan hollarda toʻlov 2 baravar olinishi mumkin

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, toʻlov hujjatida xatolar yoki hisobga olish asboblari koʻrsatkichida noaniqliklar aniqlangan taqdirda, isteʼmolchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qiladi, korxona esa bu haqida majburiy ijro byurosiga xabar berishi kerakligi belgilandi.

Shuningdek, qarorga muvofiq koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar va xususiy xonadonlar ichida oʻrnatilgan hisobga olish asboblarining saqlanishi va butunligi uchun isteʼmolchining javobgarligi belgilandi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga tashqaridan taʼsir koʻrsatish ham qoida buzilishi hisoblanadi va majburiy ijro byurosining vakili tomonidan dalolatnoma tuziladi.

Xatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan oʻtkazish uchun yechib olish sanasida tuzilishi belgilandi.

Bundan tashqari isteʼmolchilar gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanganda, isteʼmol qilingan gazning qiymatini undirish holatlariga aniqlik kiritildi.

Xususan, hisobga olishni notoʻgʻri koʻrsatish maqsadida hisobga olish priboriga modem yoki boshqa vositalarning ruxsatisiz ulanganligi aniqlanganda – ruxsatsiz aralashilgan kundan boshlab butun vaqt davomida, hisobga olish pribori buzilgan taqdirda yoki mavjud boʻlmaganda, plombalar uzilganda bir hisob-kitob davridan koʻp boʻlmagan vaqtda gazning qiymati undiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala