Dunyoda

Yaponiyada sogʻlom uyqu uchun xodimlarga qoʻshimcha maosh toʻlash boshlandi

CC0 / pixabay / Jenщina spit. Illyustrativnoye foto
Jenщina spit. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Yaponiyadagi kompaniya sogʻlom uyqu uchun xodimlarga qoʻshimcha maosh toʻlashga qaror qildi.

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Yaponiyadagi Crazy nomli kompaniya sogʻlom uyqu uchun xodimlarga qoʻshimcha maosh toʻlashga qaror qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Chashka kofe - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qahva ichishning yana bir foydali xususiyati aniqlandi

“Tizim shunday tuzilganki, xodim haftasiga kamida besh kuni davomida olti soatdan ortiq vaqt uxlasa kompaniya unga toʻlov toʻlaydi. Bir bal bir iyenga teng. Besh kunlik toʻliq uyqu uchun xodim 500 ball oladi, 6 kun uchun – 600 ball yoki iyen. Agar hafta davomida olti soatdan ortiq vaqt uxlaydigan boʻlsa, u holda biryoʻla 1000 ballga ega boʻladi. Bir oy davomida sogʻlom uyqu tizimiga rioya qilgan xodimlarga 100 iyen miqdorida qoʻshimcha bonus toʻlov toʻlanadi. Shu tariqa bir oyda 5000 iyen (50 dollar) atrofida qoʻshimcha maosh ishlab topish mumkin”, - dedi Gorai.

Crazy kompaniyasi 2012 yilda tashkil topgan. U toʻy marosimlarini oʻtkazishga ixtisoslashgan.

Xodimlar sogʻligʻini ximoya qilish kompaniyaning asosiy tamoyili boʻlib qoldi.

“Birinchi navbatda xodimlarga  bepul tushlik yoʻlga qoʻyildi. Buning uchun taom pishirish uchun maxsus jamoa tuzildi. Bu jamoa sogʻlom taom pishirish boʻyicha ish olib boradi. Bizda ovqatlanish, dam olish va harakatlanish zarurligidan kelib chiqiladi. Hozir bir ikkinchi bosqichga oʻtdik – xodimlarning xordiq chiqarishlarini qoʻllab-quvvatlash. Kompaniyaning birinchi navbatdagi istiqboli bu sogʻliq, ikkinchi oʻrinda – ish joyida oʻzaro munosabat, uchinchi oʻrinda – ish mazmunli boʻlishi kerak, toʻrtinchi oʻrinda – halol iqtisodiy faoliyat”, - deb taʼkidladi kompaniya xodimi.

Tsvetuщaya sakura v Tokio, Yaponiya  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yaponiyada maktab va ishxonalarda yigʻlashni oʻrgatishmoqda

Hozirgi vaqtda sogʻlom uyqu uchun olingan ballarni kafe va oshxonamizda sarflashi mumkin.

“Qoʻshimcha ballar uchun korporativ kafe va oshxonamizda turli pishiriqlar, yengil taom yoki notushta xarid qilish mumkin”, - deb qoʻshimcha qildi Goray.

Kompaniya tizimi uyali telefondagi ilova asosida ishlaydi. Dastur inson harakatini qayd etib boradi. Agar xodim oʻrnida yotsa-yu lekin uxlamasa, bu vaqt uyquga safrlangan hisoblanmaydi. Ushbu dastur uyqu darajasini ham aniqlay oladi. Barcha maʼlumotlar kompaniyaning boshqaruv markaziga yuboriladi. U yerda hisob-kitob qilinib, ballarga aylantiriladi.

Kitasato universiteti olimlari hisob-kitoblarga qaraganda, Yaponiya iqtisodiyoti har yili uyqusizlik bilan bogʻliq muammolar tufayli 3,5 trillion iyen (taxminan 31 milliard dollar) mablagʻ yoʻqotadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala