ORT telekanali NBC haydagan jurnalistni ishga taklif qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin dal intervyu telekanalu En-bi-si
Prezident RF V. Putin dal intervyu telekanalu En-bi-si - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biroz oldin NBC telekanali Putindan intevyu olgan xodimi - Megin Kellini ishdan haydagan edi.

TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Rossiyaning ORT telekanali amerikaning NBC telekanali ishdan haydagan boshlovchi Megin Kellini ishga taklif qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Megin Kellini ORTning axborot dasturlari direksiyasi rahbari Kirill Kleymenov ishga taklif qilgan.

“Birgalikda “Vremya” dasturini olib boramiz. Sizning tilingizda bu “Time” bo‘ladi va bizning millionlab erkaklar sizning muxlislaringizga aylanadi, millionlab ayollar esa - sizga havas qiladigan bo‘ladi”,  - deygan Kleymanovning hazilomuz ohangda o‘z taklifida.    

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin AQShning NBC telekanali Vladimir Putindan intervyu olgan boshlovchi Megin Kellini “irqchilikda” ayblab ishdan haydagan edi. Kleymanov aytishiga qaraganda, boshlovchi ishdan haydalishining asl sababi “Rossiyaliklar uni yaxshi ko‘rishida”. 

Ayni damda Kelli NBCdan o‘z maoshini talab qilmoqda. To‘liq intervyu bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0