TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy taʼlim vazirligining maxsus komissiyasi 186 nafar talabaga davlat davlat stipendiyasi berishga qaror qildi, OʻzA xabariga asosan.
"Oʻzbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash boʻyicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2018-2019—oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga olti xil Davlat stipendiyalari tayinlandi", - deyilgan xabarda.
Talabalarga tayinlangan stipendiyalarning tarkibi quyidagicha:
– 55 nafari Navoiy Davlat stipendiyasi;
– 56 nafari Beruniy Davlat stipendiyasi;
– 9 nafari Ulugʻbek Davlat stipendiyasi;
– 9 nafari Ibn Sino Davlat stipendiyasi;
– 2 nafari Imom al-Buxoriy Davlat stipendiyasi;
– 55 nafari Islom Karimov Davlat stipendiyasi.
Sovrindor talabalarga 2018 yil 1 sentyabridan boshlab joriy oʻquv yili davomida Davlat stipendiyasi tayinlanadi.