TOSHKENT, 31 okt – Sputnik. Bugun ertalab soat 08:52da Arxangelsk viloyati FSB boshqarmasida 17 yoshli oʻsmir oʻzi bilan olib kelgan qoʻlbola portlovchi moslamani portlatib yubordi.
Portlash oqibatida uning oʻzi qurbon boʻldi, 3 nafar FSB xodimi jarohat oldi, RIA Novosti xabariga asosan.
Rossiya Tergov qoʻmitasi ushbu ish yuzasidan JKning “terakt”, “Noqonuniy qurol-yarogʻ saqlash” bandlari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Ushbu voqea haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xabar qilingan.
Terrorchi mahalliy fuqaro boʻlganligi aniqlangan. Ayni damda uning biror ekstremistik tashkilotga aʼzo boʻlgan-boʻlmaganligi aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning fevral oyida Xabarovsk shahridagi Federal Xavfsizlik xizmati binosiga ham hujum uyushtirilgan edi. Ushanda terrorchi hujumi oqibatida ikki kishi qurbon boʻlgan edi.