Iqtisod

Naqd pul tushumi va inkassatsiya xizmati: Oʻzbekistonda yangi qulayliklar joriy etiladi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyatiga rozilik berildi.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Ish haqi oʻzgarishi va yangi ish oʻrinlarini yaratish - Markaziy bank

“2018 yil 1 noyabrdan boshlab naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanishning quyidagilarni:

- eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati;

- eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdordan kam boʻlgan kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati;

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muqobil inkassatsiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali topshirishni bekor qilish;

- yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin”, - deyilgan prezident farmonida.

Yangiliklar lentasi
0