Jamiyat

Oʻzbekistonda YPX xodimlari qachondan “Body camera” bilan ishlay boshlashi maʼlum qilindi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik Oʻzbekiston
“Body camera” boʻyicha tender hujjatlari ekspertizadan oʻtish uchun topshirilgan.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Bugun oʻtkazilgan brifingda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Azizxon Umarxonov YPX xodimlarini “Body camera” bilan taʼminlash masalasi boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Sotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Video
IIV ichki ishlar xodimlari kuniga bagʻishlab video suratga oldi

“Body camera” boʻyicha barcha tender hujjatlari ekspertizadan oʻtish uchun topshirilgan.

Yaqin kunlarda tender eʼlon qilinadi. Hisob-kitoblarga koʻra, Toshkent shahrida nafaqat YPX, balki post patrul va profilaktika inspektorlari ham “Body camera”lar bilan taʼminlanadi.

Umarxonovning soʻzlariga koʻra, “Body camera” tizimi 2019 yil mart oyidan ishga tushirilishi kutilmoqda.

 “Kamerani taqib olgan xodim butun xizmat davomida uni yecha olmaydi. Agar yechib qoʻysa, yoki kamera 5 daqiqadan ortiq harakatsiz qolsa, darhol markazga xabarnoma yetib keladi. Bular texnik topshiriq ishlab chiqishda koʻzda tutilgan”, - deb qoʻshimcha qildi Umarxonov.   

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala