Siyosat

Putin jahonda ziddiyat oshayotganiga eʼtibor qaratdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPrezident RF V. Putin na Desyatom sammite BRIKS v YUAR
Prezident RF V. Putin na Desyatom sammite BRIKS  v YUAR - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Putin Ukraina va Boltiq boʻyi davlatlarida tarix qaytadan yozilayotgani, yodgorliklar va rus tiliga qarshi kurash olib borilayotganini misol tariqasida keltirib oʻtdi

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Jahondagi holat oddiy emas, ziddiyat kuchaymoqda va koʻp yillik kelishuvlar barbod boʻlmoqda, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijda istiqomat qiluvchi VI butunjahon vatandoshlar kongressida.

Zaderjaniye terrorista sotrudnikami FSB - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan yil davomida 360 nafar Internet-terrorchilar qoʻlga olindi - Sыsoyev

"Bu ayniqsa, hozir, bizning mamlakatimiz kelajagiga bevosita aloqador masalalar hal etilayotgan vaqti juda muhim. Jahondagi vaziyat murakkab, ziddiyat kuchaymoqda, xalqaro huquq asoslari buzilmoqda, koʻp yillik kelishuvlar barbod boʻlmoqda", - deb bayonot qildi Putin.

Rossiya prezidenti, shuningdek, qator mamlakatlarda rusofobiya kayfiyati va millatchilikning boshqa oʻta agressiv shakllari kuchayayotganini qayd etib oʻtdi.

Putin Ukraina va Boltiq boʻyi davlatlarida tarix qaytadan yozilayotgani, yodgorliklarga va rus tiliga qarshi kurash olib borilayotganini misol tariqasida keltirib oʻtdi.

"Odamlarni qoʻrqitishmoqda, ularni qoʻrqitib, oʻz hukmini oʻtkazishmoqda", — deb qoʻshimcha qildi Putin.

Yangiliklar lentasi
0