TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Xellouin kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari jamoat joylarini kuchaytirilgan tartibda patrul qiladi.
Shu kuni huquq tartibot xodimlari xiyobonlar va qabristonlarda jamoat tartibiga rioya qilinishi alohida nazorat qilinadi.
Bundan avval Toshkent IIBB boshliq oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev Xellouin bayrami oʻzbek xalqining mentaliteti va anʼanalariga mutlaqo toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilgandi.
Xelloun – Gʻarb mamlakatlarida har yilning 31 oktyabr kunida nishonlash anʼanaga aylangan.
Bu kunda odamlar qoʻrqinchli kostyumlar kiyib, anʼanaviy Xellouin oʻyinlari oʻynashadi. Bolalar esa uyma-uy yurib shirinliklar yigʻishadi.
Qovoqdan turli shakllar oʻyish va ichiga sham qoʻyish ham Xellouin ramzlaridan hisoblanadi.