Iqtisod

Oʻzbekistonda benzin narxi oshadi: keyingi yilda esa yangi eksperiment boshlanadi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishZapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnыx stantsiy
Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnыx stantsiy - Sputnik Oʻzbekiston
2018 yil 16 noyabrdan isteʼmol soligʻini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilgʻisi chakana narxlari belgilandi.

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich  oʻzgartirish toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq 2018 yil 16 noyabrdan isteʼmol soligʻini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilgʻisi chakana narxlari:

- Ai-80 avtobenzinga – 4 000 soʻm/litr;

- Ai-91 avtobenzinga – 4 500 soʻm/litr;

- dizel yoqilgʻisiga – 4 800 soʻm/litr;

- EKO dizel yoqilgʻisiga – 4 900 soʻm/litr etib  belgilandi.

2019 yilning 1 yanvaridan boshlab Toshkent shahrining Yunusobod tumanida eksperiment tariqasida quyidagilar joriy etiladi:

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnыx stantsiy. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda gaz, svet va benzin narxi oshiriladi

- aholi isteʼmoli uchun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;

- aholi isteʼmoli uchun tabiiy gazning bazaviy normasi:

- isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yashaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m;

- boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m.

Bunda aholi bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirganda:

- bazaviy norma  doirasida – belgilangan tarif boʻyicha;

- bazaviy normadan ortgan qismi uchun – belgilangan tarifga 1,2 baravar oshirilgan koeffitsiyent qoʻllaniladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala