Iqtisod

Oʻzbekistonda 16 noyabrdan elektr energiyasi narxi oshdi

© Flickr / redjarSchetchik elektroenergii
Schetchik elektroenergii - Sputnik Oʻzbekiston
2019 yilning 1 iyunidan 1 kVt soat elektr energiya 370 soʻmni tashkil etadi

TOSHKENT, 2 noya - Sputnik. "Oʻzbekenergo" AJ 2018 yil 16 noyabrdan boshlab elektr energiyasi narxlari oshganligini maʼlum qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida xabar berilgan.

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnыx stantsiy. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda gaz, svet va benzin narxi oshiriladi

Elektr-energiyasi uchun yangi tariflar Vazirlar Mahkamasining "Yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich oʻzgarishi toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan belgilanganligi maʼlum qilingan.

"Oʻzbekenergo" xabariga koʻra, 1 kVt/soat elektroenergiyasi maishiy isteʼmolchilar uchun 228,6 soʻmdan 331 soʻmga oshadi. Oʻsish darajasi 44,79%.

Shu bilan birga 2019 yilning 1 iyunidan 1 kVt/soat elektr energiya 370 soʻmni tashkil etadi.

Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy isteʼmolchilar 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 2018 yil 16 noyabrdan oʻrnatilgan tartibda - 125 soʻmdan, 2019 yilning 1 iyunidan - 140 soʻmdan toʻlovni amalga oshiradilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala