Jamiyat

Peterburgdagi bosh konsul: biz svetofor burchagida pasport bermaymiz

© SputnikDjaxongir Irgashev
Djaxongir Irgashev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonning Peterburgdagi bosh konsuli Jahongir Irgashev Sputnik agentligiga bergan intervyusida Shimoliy poytaxtda oʻtkazilgan Toshkent kunlari yakunlari va konsulikka qachon telefon qilgan maʼqulligi hamda Oʻzbekistonga qaysi mavsumda borish kerakligi toʻgʻrisida soʻzlab berdi

TOSHKENT, 5 noya - Sputnik, Dmitriy Matveyev. Joriy yilning fevral oyida Peterburgda Oʻzbekiston Bosh konsulligi kuniga 150-200 kishini qabul qiladi, deb hikoya qildi Sputnikka bosh konsul Jahongir Irgashev.

— Avgust oyidagi tayinlovingiz qay tarzda amalga oshgan?

— Mening tayinlovim toʻgʻrisidagi qaror vazirligimizning konsullik-huquqiy departamenti tomonidan boʻlgan kelishuvdan soʻng tashqi ishlar vaziri tomonidan qabul qilingan. Haqiqatdan ham yaqinda tayinlanganman, Peterburgga 10 iyulda kelgan edim. Men maʼlum muddat bosh konsul vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritdim. Szngra Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Viktorovich Lavrov imzosi qoʻyilgan ekzekvaturani oldim. Men Sankt-Peterburgda akkreditatsiya qilingan toʻlaqonli bosh konsul hisoblanaman.

Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyadagi oʻzbekistonliklar diqqatiga: qaysi konsullikka murojaat etishni bilib oling

Sankt-Peterburgda bosh konsullikning ochilishi tasodifan roʻy bergani yoʻq. Davlatimiz rahbari birinchi navbatda chet eldagi fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilinishiga eʼtibor qaratadilar. Sankt-Peterburgdan tashqari, Moskva va Novosibirskda ham konsulliklarimiz bor. Yil oxiriga kelib Vladivostok, Yekaterinburg, Kazan va Rostov-Donda ham bosh konsulliklar oʻz ishini boshlaydi.

Peterburgdagi konsulligimiz joriy yil mart oyida ochilgan boʻlsa-da, yetti-sakkiz oy muddat ichida bizning faoliyatimiz haqida koʻplab fuqarolarimiz xabar topdilar. Bir kunda 150-200 kishi qabulimizda boʻladi, biz ularga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatamiz.

Bizning bosh konsulligimiz manzilini koʻpchilik bilmaydi. Shu bois, paytdan foydalanib, Oʻzbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligi 4-Krasnoarmeyskaya koʻchasi, 4A uyda joylashganini maʼlum qilmoqchiman. Biz dushanbadan-jumagacha ishlaymiz. Aholini ertalabki 10dan kechki 5gacha qabul qilamiz.

Istagimiz shu-ki — biror muammo yuzaga kelganida, misol uchun hujjatlar bilan bogʻliq, avval bizga murojaat qiling. Biz yordam berishga harakat qilamiz. Siz tushgan mushkul vaziyatdan foydalanishni xohlaydigan noinsoflar bor. Iltimos, hushyor boʻling! Biz faqat bosh konsullik hududida uchrashamiz va har bir pulli xizmat uchun kvitantsiya beramiz. Metro yonida uchrashmaymiz! Svetofor burchagida ham uchrashmaymiz! Bundaylarning barchasi firibgarlardir.

 — Sankt-Peterburg aholisidan, Oʻzbekistondan kelgan mehnat migrantlaridan shikoyatlar bor. Aytishlaricha, sizlarga qoʻngʻiroq qilib tushib boʻlmas ekan. Shu rostmi?

— Bunday muammo mavjud, buni yashirishga hojat yoʻq. U konsullikda odam yetishmasligi tufayli yuzaga kelgan. Telefon qoʻngʻiroqlariga javob berishi uchun qaysidir xodimni vazifasidan ozod qilishim zarur. Bu yerda 3 nafar diplomat va 2 nafar yordamchisi ishlaydi. Kuniga 200ga yaqin kishi keladi. Kimnidir qoʻngʻiroqlarga javob berish uchun masʼuli qilib qoʻyish - bu yerga kelgan kishining muammosini yechib bermaslik demak.

Shu bois, iltimos qilamiz, yoki ertalab 9dan 10gacha, yoki kechqurun 5dan 7gacha qoʻngʻiroq qiling. Yaʼni fuqarolarni qabul qilishni boshlamasimizdan, yoki qabul tugaganidan keyin. Mana shu vaqtda telefon orqali barcha savollaringizga javob berishga tayyormiz.

—Peterburgdagi Toshkent kunlari Sankt-Peterburg va Toshkent oʻrtasida oʻtgan yil imzolangan bitim doirasida oʻtkazilmoqda. Mana shu kelishuvga asosan Sankt-Peterburg va oʻzbek shaharlarida yana qanday tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan?

- Albatta, biz Toshkentda ham Sankt-Peterburg kunlari oʻtkazilishini kutmoqdamiz. Lekin hozircha kelgusi yilga rejalar tuzilmagan.

Vыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Aʼlochi-migrantlar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin

Sankt-Peterburgda Toshkent savdo uyining ochilishi yirik tadbirlardan biri boʻlishi kutilmoqda. Gubernator oʻrinbosari Sergey Movchanov bilan uchrashuvda bu masala muhokama qilingan edi. Qiziqish bor, bozorda bizning mahsulotlarimizni bilishadi, qadrlashadi va yaxshi koʻrishadi. Lekin u yo juda qimmat, yoki uni topish mushkul. Shu bois, bu jarayonni soddalashtirish, oʻzbek mahsulotlarini Sankt-Peterburgda ommabopligini kuchaytirish uchun ham bu savdo uyini tashkil qilmoqdamiz. Savdo uyi Shimoliy-Gʻarbiy Federal okrugda oʻziga xos xab vazifasini bajarishiga umid qilmoqdamiz. Bu oʻzbek tovarlari koʻrgazmasi muntazam tashkil qilinadigan savdo uyi boʻladi.

Savdo uyi faoliyati rossiyalik xaridorlarga kelib, mahsulotni tomosha qilish imkonini beradi. Agar ularga maʼqul kelsa, buyurtma shu ondayoq rasmiylashtiriladi, biz ularni toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab-chiqaruvchi bilan bogʻlaymiz.

Eng avvalo meva va sabzavotlar taqdim etiladi. Meva va sabzavotlarimiz eksportini Rossiya Federatsiyasiga, xususan, Sankt-Peterburgga oshirishga imkon boricha harakat qilamiz.

Bugun biz Sankt-Peterburgga javoban Toshkent hududida axborot-ishbilarmonlik markazini ochishni taklif etdik. Bu masala endi muhokama etiladi. Ehtimol, noyabr oyi oxirida Sankt-Peterburg biznes-delegatsiyasi shahar rahbariyati vakillari boshchiligida Oʻzbekistonda boʻlib, bu masalani batafsilroq muhokama etadilar.

—Peterburgliklarga Oʻzbekistonning qayeriga borishni maslahat bergan boʻlardingiz?

— Yil mavsumidan boshlay qolaylik. Bizda turistik mavsum mart oyi boshlaridan boshlanadi va iyun boshigacha davom etadi. Keyin Oʻzbekistonda jazirama boshlanadi va har qanday sayyoh ham +50 gradusda respublikaga kelishga tayyor boʻlmaydi. Mavsum avgust oyi oʻrtalaridan boshlanadi va noyabr oyi oʻrtalarigacha ob-havo juda qulay boʻladi.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin: Oʻzbekiston iqtisodiyotida va oʻzbek xalqi hayotida katta ijobiy oʻzgarishlar roʻy beradi

Turistik mavsumda, eng avvalo Samarqand, Buxoro va Xiva singari shaharlarni borib koʻrishni maslahat bergan boʻlar edim. Sizni bu sayohat befarq qoldirmaydi. Bu mingyillik tarixga ega meʼmorchilik yodgorliklaridir.

Qishki va yozgi mavsumda bizda togʻ turizmi mavjud. Togʻlarda koʻplab ajoyib dam olish zonalari bor, Chorvoq shular jumlasidan. Qishki turizm ham juda tez rivojlanmoqda. Chimyon togʻ-changʻi trassasi SSSR davrida koʻplab jamoalarga mashgʻulotlar zonasi boʻlgan va shu bilan mashhur.

Kelgusi oyda yana bir togʻ-changʻi kurorti - Amirsoyning ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

Bir narsani aniq aytishim mumkin: palov yil mavsumiga bogʻliq emas. U qishda ham, yozda ham, bahorda va kuzda ham birdek mazali. Shu bois, xush kelibsiz!

— Peterburgliklar Oʻzbekistonga borishga tayyor, lekin ularni chipta narxlari qoʻrqitadi.

— Biz bu muammoni yechishga harakat qilmoqdamiz. Hozirda aniq turistik firma orqali Oʻzbekistonga otlangan turistlar guruhlari uchun chegirmalar dasturi mavjud. Bu davlat byudjetidan qilingan chegirmalar. 

Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Putin tashrifi maqsadi: Oʻzbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari

Biz shuningdek, aviareyslar sonini koʻpaytirishga harakat qilmoqdamiz: har hafta 15ta reyslar amalga oshirilmoqda. Hozirda "Pulkovo" aeroporti rahbariyati bilan reyslar sonini kuniga 2 marta qilish yuzasidan muzokaralar olib boryapmiz. Agar bu ish amalga oshsa, haftasiga 20-25 reys bajariladi. Yoʻlovchilar soni ortishi chiptalar narxiga ham taʼsir koʻrsatadi, ular arzonlaydi.

Oʻzbekistonda yangi otellar qurilmoqda, ular oʻz navbatida oʻzaro raqobatlashadi. Shu tariqa, biz sekin boʻlsada, ammo toʻgʻri harakatlar bilan vaziyatni oʻnglayapmiz. Biz muammolar mavjudligini bilamiz, tez-tez ularni muhokama qilamiz, Oʻzbekistonda ham, bu yerdagi milliy aviakompaniyamiz vakolatxonasida ham. Shu bois, sizni ishontirib aytamanki, yaqin kelajakda vaziyat keskin oʻzgaradi. Oʻzbekistonga uchish Turkiyaga uchishdan koʻra arzonroq boʻlmasa-da, siz Oʻzbekistondan unutilmas onlarni boshdan kechirasiz.

Sputnik axboroti: Jahongir Irgashev 1999 yilda Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini tamomlagan. Soʻngra, kichik amaliyotdan soʻng Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan. 2004-2006 yillarda Oʻzbekistonning Vashingtondagi konsuli sifatida mehnat qilgan. 2009-2013 yillarda Oʻzbekistonning Buyuk britaniyadagi elchixonasi birinchi kotibi lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0