O‘zbekiston mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

CC0 / Wikipedia / Zdanie shtaba TurkVO v 1977 goduZdanie shtaba TurkVO v 1977 godu, v kotorom na danniy moment raspolojeno Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Zdanie shtaba TurkVO v 1977 godu, v kotorom na danniy moment raspolojeno Ministerstvo oboroni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polkovnik Oybek Ortikovich Ismoilov O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi Farmoni bilan O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Shuxrat G‘ayratdjanovich Xalmuxamedov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezident Farmoni bilan polkovnik Shuxrat Xalmuxamedov o‘rniga Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ortikovich Ismoilov O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0