Iqtisod

Baliqchilik, imtiyoz, kredit va klaster - prezident yangi qarori

© Sputnik / Mixail MordasovRыba na forelevodcheskom zavode
Rыba na forelevodcheskom zavode - Sputnik Oʻzbekiston
Uzluksiz suv taʼminlash imkoniyati boʻlgan sunʼiy suv havza maydonlari mavjud boʻlgan baliqchilik xoʻjaliklari bosqichma-bosqich intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik.  Baliqchilik sohasi rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Rыba na forelevodcheskom zavode - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Kamalak foreli, qora sazan: Oʻzbekistonda yangi baliq turlari yetishtiriladi

Qarorga muvofiq uzluksiz suv taʼminlash imkoniyati boʻlgan sunʼiy suv havza maydonlari mavjud boʻlgan baliqchilik xoʻjaliklari bosqichma-bosqich intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Qaror bilan baliqchilikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan 50 million AQSH dollari miqdorida “Ipoteka bank” ATIBning ustav kapitalidagi davlat ulushi oshirildi.

Tijorat banklari tomonidan 2019-2020 yillarda ajratilayotgan kredit foizi uchun Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya berishning quyidagi tartibi oʻrnatildi:

·         aylanma mablagʻlarni toʻldirishga tijorat banki tomonidan oʻrnatilgan kredit stavkasining 25 foizi miqdorida;

·         naslli ona baliq va baliq uvildirigʻi, yopiq suv aylanma tizimi, qafas (sadok) qurilmalarida va boshqa intensiv usullarda baliq yetishtirishni tashkil etish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, inkubatsiya tsexlari va reproduktorlarni tashkil etish, hovuzlar qurish va qayta taʼmirlash, maxsus texnika va boshqa asosiy vositalarni xarid qilish hamda barpo etish uchun tijorat banki tomonidan oʻrnatilgan kredit stavkasining 50 foizi miqdorida.

·         Shuningdek qarorga muvofiq endilikda baliqchilik sohasida toʻliq tizimli ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlari tashkil etiladi. Klasterning yillik baliq yetishtirish quvvati kamida 50 tonna boʻlganda 2019 yil 1 yanvardan uch yil davomida barcha soliqlar va majburiy ajratmalardan ozod etiladi.

Orol dengizi - Sputnik Oʻzbekiston
Orol dengizida 210 tonna baliq nobud boʻldi

2021 yil 1 noyabrga qadar quyidagilar bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi:

·         naslli ona baliq, baliq uvildirigʻi, respublikada ishlab chiqarilmaydigan inkubatsiya, laboratoriya, intensiv usulda baliq yetishtirish, baliq ovlash, baliq mahsulotlarini qayta ishlash, muzlatish va saqlash uchun zarur boʻladigan asbob-uskuna, anjom, mexanizmlar va ularning ehtiyot qismlari, muqobil energiya taʼminoti uskunalari, melioratsiya ishlari uchun maxsus texnikalar va tirik baliq tashuvchi transport vositalari;

·         chet el tashkilotlari va ularning shoʻʼba korxonalari, firma doʻkonlari, dilerlik tarmoqlari va tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyoji uchun chetdan keltiriladigan omixta yem va mineral oʻgʻit (ammofos).

Yangidan tashkil etiladigan sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtirish loyihalariga yer uchastkalari intensiv usul va resurs tejamkor texnologiyalar qoʻllanganda, Suv xoʻjaligi vazirligining xulosasi asosida ajratiladi.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutini rivojlantirish uchun 2019 yilda Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 1 milliard soʻm ajratiladi. Bundan tashqari qaror bilan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida intensiv usulda baliq yetishtirishni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish boʻyicha komissiya tashkil qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala