Jamiyat

Barcha maktablarni 2 oyda avtobuslar bilan taʼminlash imkoniyati mavjud emas - vazirlik

© tashtrans.uzAvtobusы SAZ HD 50, proizvodimыe Samarkandskim avtomobilnыm zavodom
Avtobusы SAZ HD 50, proizvodimыe Samarkandskim avtomobilnыm zavodom - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tizimida 9,6 mingdan ziyod maktablar faoliyat yuritadi.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik.  Xalq taʼlimi vazirligi ayrim internet nashrlarida Oʻzbekistonning barcha maktablari 2019 yil 1 yanvarigacha avtobuslar bilan taʼminlanishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi.

Shkolnыy avtobus - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistondagi barcha maktablar maktab avtobuslari bilan taʼminlanadi

Xabarda aytilishicha, 2 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilgan edi.

Mazkur yigʻilishda 2019 yil 1 yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish vazifasi qoʻyildi.

Asosiy maktab tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlmagan joylarda esa, oʻquvchilarning asosiy maktabga borishlari uchun avtobus xizmatlari yoʻlga qoʻyilishi masalasini oʻrganib chiqish kerakligi taʼkidlandi. Bu tashabbus qishloq bolalarini ham yaxshi sharoitlarda oʻqishini taʼminlash oʻquvchilar uzogʻini yaqin qilishga qaratilgan.

“Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tizimida 9,6 mingdan ziyod maktablar faoliyat yuritadi va ularning barchasini ikki oyda avtobuslar bilan taʼminlash imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun bu masala birinchi navbatda eng zarur boʻlgan uzoq joylardagi maktablar uchun koʻzda tutiladi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala