Jamiyat

Oʻzbekistonda ilk bor Naqshbandiylar festivali boʻlib oʻtadi

Festivalni Malayziyada joylashgan Jahon soʻfiylar markazi (World Sufi Center) tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda 7-12 noyabr kunlari tarixda birinchi marotaba “Naqshbandiya sayyohlik festivali” boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Ushbu festivalni Malayziyada joylashgan Jahon soʻfiylar markazi (World Sufi Center) va Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi koʻmagida tashkil qilinmoqda.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – oʻzbekistonlik mutafakkirlarning islom tsivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini eʼtirof etish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdir.

Festivalda Naqshbandiya tariqatining Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, AQSH, JAR va boshqa mamlakatlardagi 150 nafardan oshiq vakili, jumladan, 10 nafardan ortiq taniqli ulamo ishtirok etishi kutilmoqda.

Naqshbandiya – bu soʻfiylar tariqati (birodarligi) boʻlib, u dinda kamtarinlikni, maxfiy zikr va ilohiy muhabbatni targʻib qiladi. Tariqatga 14 asrda Buxoroda yashagan Muhammad Bahovuddin Naqshbandiy nomi berilgan. Naqshbandiylik taʼlimotining asosida "koʻngil Xudoda boʻlsin-u, qoʻl ish bilan band boʻlsin" shiori yotadi. Unga koʻra, dilni Alloh bilan bogʻlagan hodda kasbu hunar va qoʻl mehnatini aslo tark yetmaslik kerak. Faqirona yashash, xayr-yehson hisobiga yemas, oʻz mehnati hisobiga hayot kechirish lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala