Xakerlar shaxsiy akkauntingizni hoziroq qanchaga buzishga tayyor

Yovuz niyatli shaxslar chegirmalar va bir umrlik kafolat ham taklif etishadi: agar akkauntingiz ishlamay qolsa, uning oʻrniga ikkinchisi mutlaqo bepul taqdim etiladi

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Atigi 50 dollarga xaker tomonidan kishi haqida toʻplangan maʼlumotlarning toʻliq paketini xarid qilish mumkin, shu jumladan, uning pochtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari parollarini ham, deb yozadi Sputnik Qirgʻiziston "Populyarnaya mexanika" nashriga tayangan holda.

Takliflarning aksariyati xakerlar anonim ravishda maʼlumotlar bilan almashib turadigan Darknet tarmogʻida bir dollardan pastroq turadi. Takliflar orasida eng arzoni va eng ommabopi — elektron pochta manzillari va parollardir. Facebookda oʻgʻirlangan bitta akkaunt bir dollarga yaqin, Netflix — dbesh dollargacha; kompyuter yoki serverga masofadan kirish - 5 dollardan 50 dollargacha narxlanadi.

Xaker - Sputnik Oʻzbekiston
Xakerlar hujumiga uchragan Oʻzbekiston saytlari faoliyati tiklandi

Yovuz niyatli shaxslar chegirmalar va bir umrlik kafolat ham taklif etishadi: agar bir akkaunt ishlamay qolsa, uning oʻrniga ikkinchisi mutlaqo bepul taqdim etiladi.

Olingan maʼlumotdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin — jabrdiyda pullariga egalik qilishdan tortib, uning kompyuterini allaqanday bot-tarmoqni ulab qoʻyishgacha.

Bu xavfga qarshi qanday kurashish mumkin? Agar pochtangizga kelgan maktub yuboruvchisi sizga notanish boʻlsa, u holda undan kelgan programmalarni ishga tushirmang va fayllarni ochmang.

Internet foydalanuvchilarini ochiqchasiga gʻalati xabarlar bilan oʻziga jalb qiluvchi saytlarga kirmang. Va albatta, kompyuter/smartfoningizga ishonchli antivirus oʻrnating.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala